14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🇺🇿Ushbu sana munosabati bilan markazimizda professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar ertalabdan tantanali ruhda tabriklab kutib olindi. Bayramona muhitda o‘tkazilgan ushbu tashabbus Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va harbiy xizmatchilarimizga bo‘lgan yuksak hurmat-e’tiborni yana bir bor namoyon etdi.
14-01-2026, 13:01
Sahifaga qaytish