Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va aziz Vatan himoyachilari!

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va aziz Vatan himoyachilari!

Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida o‘z jonini ayamagan holda xizmat qilayotgan mard va jasur harbiy xizmatchilarimizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Sizlarning fidoyiligingiz, qat’iyatingiz va Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz har bir yurtdoshimiz uchun faxr manbaidir. El-yurt ishonchini sharaf bilan oqlab kelayotgan siz azamatlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat va bardavom iroda tilayman.

Xonadonlaringizdan tinchlik va baraka, oilalaringizdan baxt va totuvlik arimasin. 
Mas’uliyatli va sharafli xizmat yo‘lingizda yuksak marralar, ulkan muvaffaqiyatlar va yorqin g‘alabalar sizga doimo hamroh bo‘lsin. 

Vatanimiz osmoni musaffo, kelajagi esa tinch va porloq bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom ila,
SALAYEV JASURBEK KOMILOVICH
14-01-2026, 13:45
Sahifaga qaytish