MAHORAT DARSI

MAHORAT DARSI

Joriy yilning 16-yanvar kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha tajribali metodist Asrorbek Saidov tomonidan kurs tinglovchilari uchun “MetaQuest 3” qurilmasi asosida “Ta’limda zamonaviy ta’lim texnologiyalari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

↪️Mashg‘ulot davomida Virtual reallik (VR) texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi imkoniyatlari, darslarni interaktiv va samarali tashkil etishdagi ahamiyati keng yoritildi. Tinglovchilar “MetaQuest 3” qurilmasi orqali virtual muhitda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, VR texnologiyalarini informatika fanini o‘qitishda qo‘llashning amaliy usullari bilan yaqindan tanishdilar.

✨Mazkur mahorat darsi tinglovchilarning zamonaviy raqamli texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
16-01-2026, 13:44
Sahifaga qaytish