Joriy yilning 31-yanvar kuni viloyat Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 31-yanvar kuni viloyat Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-trening doirasida “O‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning beshta asosiy tamoyili” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Unda o‘quvchilarning matnni anglash, tahlil qilish va mazmunini tushunish kompetensiyalarini rivojlantirishga doir zamonaviy yondashuvlar yoritildi.

🤔Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida PIRLS xalqaro tadqiqotiga oid “Oyog‘i osmondan kelgan sichqonlar” nomli badiiy matn asosida tahliliy ishlar olib borildi. Ishtirokchilar matn bilan ishlashning samarali usullarini amalda sinab ko‘rdilar.

🖥Mashg‘ulotlar yakunida test.avloniy.uz platformasi orqali sinov testlari o‘tkazildi. Test jarayonida “Boshlang‘ich ta’lim – 2” (rus tilida “Начальное образование – 2”) yo‘nalishidagi test materiallari bilan ishlanildi.
31-01-2026, 15:49
Sahifaga qaytish