TABRIKLAYMIZ!

TABRIKLAYMIZ!

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori Salayev Jasurbek Komilovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi huzuridagi Ilmiy kengash qaroriga muvofiq Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur yuksak ilmiy yutuq ko‘p yillik fidokorona mehnat, tizimli ilmiy izlanishlar hamda yuksak kasbiy salohiyatning e’tirofidir. Ushbu ilmiy daraja kelgusida ilmiy va boshqaruv faoliyatini yanada rivojlantirish, yangi ilmiy marralarga erishish hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hurmatli Jasurbek Komilovichga mustahkam sog‘lik, ilmiy va rahbarlik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, erishilayotgan yutuqlarning bardavom bo‘lishini hamda kelgusida Akademik unvon bilan munosib taqdirlanishini chin dildan tilab qolamiz.

✨ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi jamoasi
6-02-2026, 10:41
Sahifaga qaytish