🤔Joriy yilning 20-fevral kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “O‘zbek oilalarini an’analar asosida shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
✍️Tadbirda tajribali mutaxassis, bir qator psixologik asarlar muallifi Shavkat Razzaqov ishtirok etib, oilaviy munosabatlar psixologiyasi, milliy an’analar va zamonaviy yondashuvlar uyg‘unligi hamda ajrimlarning oldini olish bo‘yicha o‘zining ilmiy-amaliy tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
✍️ Mazkur seminar markazning Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yulduzxon Saparbayevna hamda “Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.


