🤔Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida fevral oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli tarzda yakuniga yetmoqda.
✍️Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar ilg‘or pedagogik tajribalar, zamonaviy interaktiv metodlar hamda innovatsion ta’lim texnologiyalari bilan yaqindan tanishib, ularni amaliy faoliyatga samarali tatbiq etish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
📝Kursning yakuniy test sinovlari tashkil etilib, tinglovchilarning o‘zlashtirgan nazariy bilim va amaliy malakalari xolisona baholandi.

