🏢Xorazm viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “O‘qish savodxonlari” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 6-martdagi 93-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo'lib
📚Tanlovning asosiy maqsadi — o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek yoshlarning bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishdan iborat.
💎Tanlovning birinchi kuni viloyatning Urganch shahri, Xiva shahri hamda Shovot tumanidagi maktablarda bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonlar Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining tajribali fan metodistlari tomonidan kuzatilib, metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
💻 Tanlov g‘oliblari test.avloniy.uz platformasida o‘tkaziladigan sinov topshiriqlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar orasidan sun’iy intellekt yordamida avtomatik tarzda aniqlanadi.
🏆Tanlov yakunida eng faol va bilimdon o‘quvchilar munosib rag‘batlantiriladi.


