MAHORAT DARSI

MAHORAT DARSI



✍️Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri professor, filologiya fanlari doktori Sabirova Nasiba Ergashevna tomonidan markazning ona tili va adabiyoti fani kurs tinglovchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodlar, innovatsion yondashuvlar hamda dars jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, tinglovchilar bilan amaliy mashg‘ulotlar olib borilib, dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning fikrlash va nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
12-03-2026, 15:33
Sahifaga qaytish