✍️Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Tasviriy san'at fani bo‘yicha tajribali o‘qituvchi Sobirov Sobirjon Umirbekovich tomonidan markazning Tasviriy san'at va chizmachilik guruhi tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
✍️Mashg‘ulot davomida Tasviriy san'at va chizmachilik fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar hamda amaliy ishlarni tashkil etish usullari ko‘rsatib berildi. Tinglovchilar gips materiallari yordamida gul va bezak elementlaridan iborat badiiy kompozitsiyalar yaratish jarayonida faol ishtirok etib, ularni shakllantirish, bezak berish va dizayn jihatdan to‘g‘ri joylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
✍️Mazkur amaliy mashg‘ulot tinglovchilarning ijodiy yondashuvi va kasbiy mahoratini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

