SUMALAK SAYLI – 2026

SUMALAK SAYLI – 2026



🌿Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanayotgan ushbu ayyomda, Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida ham bayram tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi. Milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan ushbu sayilda qozonlarda sumalak qaynab, atrof-muhitni xushbo‘y hid va ko‘tarinki kayfiyatga to‘ldirdi. Milliy kuy-qo‘shiqlar yangrab, bayramona muhit yanada fayzli tus oldi.

🌺Tadbir davomida markaz professor-o‘qituvchilari hamda jamoa a’zolari uchun boy va fayzli dasturxon yozildi. Ishtirokchilar Navro‘z bayramining qadimiy an’analari, milliy urf-odat va qadriyatlarini yodga olib, o‘zaro samimiy suhbat va ezgu tilaklar bilan bayramni nishonladilar.

🌱Mazkur sumalak sayli jamoa o‘rtasida birlik, hamjihatlik va mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, barchaga unutilmas taassurotlar va yuqori kayfiyat ulashdi.
17-03-2026, 12:19
Sahifaga qaytish