XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI VA XIVA SHAHAR PREZIDENT MAKTABI O‘RTASIDA HAMKORLIK

XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI VA XIVA SHAHAR PREZIDENT MAKTABI O‘RTASIDA HAMKORLIK


👉Biologiya va Tarix fani kurs tinglovchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

✍️Darslarni Prezident maktabining tajribali o‘qituvchilari — Biologiya fani o‘qituvchisi Clement Odera va Tarix fani o‘qituvchisi Hakimov Farrux Ulug‘bekovich olib bordi.

✍️Ushbu mahorat darsida tinglovchilarga zamonaviy pedagogik metod va texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish, mustaqil fikrlash, tahlil va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda pedagogik mahoratni oshirish imkoniyatlarini berdi.

✍️Mahorat darslari tinglovchilarga bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, professional rivojlanish yo‘lida yangi imkoniyatlarni kengaytirish imkonini yaratdi.

🤔Bunday hamkorlikdagi mahorat darslari davom etmoqda.
18-03-2026, 13:23
Sahifaga qaytish