Aziz ustozlar, hurmatli hamkasblar!

Aziz ustozlar, hurmatli hamkasblar!



Barchangizni bugungi qutlug‘ ayyom —  Navro'z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu go‘zal bahor bayrami xonadonlaringizga quvonch, qalblaringizga ezgulik, hayotingizga esa fayz-u baraka olib kelsin.

Navro‘z yangilanish, mehr-oqibat va ezgu niyatlar bayramidir. Bahorning iliq nafasi bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizda ulkan yutuq va zafarlar tilayman.

Yurtimizda hamisha tinchlik, xalqimiz o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlik mustahkam bo‘lsin. Har bir oilaga quvonch, farovonlik va omad yor bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
SALAYEV JASURBEK KOMILOVICH
23-03-2026, 19:11
Sahifaga qaytish