📕Kitob — umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi eng yaqin do‘stdir. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari qudratli vosita yo‘q.
✅Bugun 24-mart kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan markazning ona tili va adabiyot kurs tinglovchilari ishtirokida “Kitobxonlik madaniyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kutubxona xodimlari ham ishtirok etib, kutubxona faoliyati, xizmat ko‘rsatish turlari hamda ilmiy-metodik ishlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
🤔Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldilar.

