🇺🇿Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 03-33-1143-sonli xatiga asosan, 24–25-mart kunlari Xorazm viloyati, Xiva shahridagi “Erkin Palace” mehmonxonasida “Sinfxonada baholash: o‘quvchilar natijalarini yaxshilash” mavzusidagi nufuzli seminarning 2-bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
✍️Seminarda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi rahbari, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich hamda O‘zbekistonda ta’limda baholash bo‘yicha milliy konsultant Feruza Tursunova ishtirokchilarga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.
🎥Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 16 nafar mentor o‘qituvchi hamda Xorazm viloyatidan 12 nafar mentor – matematika, ona tili va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari o‘qituvchilari qatnashdilar...
🌟Seminar ishtirokchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, o‘quvchilar natijalarini yanada yaxshilashga yo‘naltirilgan amaliy metodlarni o‘rgandilar.

