Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi



✅"Tillarni o‘qitish metodikasi" kafedrasi ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kursi doirasida navbatdagi mazmunli seminar bo‘lib o‘tdi.

🎓Seminar davomida Muhammad Rizo Ogohiy ijod maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Samadova Nilufar tomonidan  “Using Digital Tools for Interactive Learning” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

📊Tadbirda zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish orqali dars jarayonini interfaol tashkil etish, o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda ta’lim samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

😎Seminar tinglovchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinib, amaliy savol-javoblar asosida boyitildi.
15-04-2026, 13:26
Sahifaga qaytish