✅ Ushbu muhim tashabbus doirasida ishtirokchilarning iqlim o‘zgarishi, ekologik ta’lim va zamonaviy o‘qitish metodikalari bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
↪️ Markazimiz ushbu nufuzli loyihaga mezbonlik qilayotganidan mamnun. Ustozlarimizning kasbiy mahoratini oshirish va ularni master-trener sifatida tayyorlash orqali ta’lim tizimida keng qamrovli natijalarga erishish maqsad qilingan.
↪️ Mazkur dastur yakunida tayyorlanadigan master-trenerlar orqali butun O‘zbekiston bo‘ylab 50 000 nafar o‘qituvchi va 1,3 milliondan ortiq o‘quvchilarni qamrab oluvchi kaskadli o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
🤔 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi — sifatli ta’lim va innovatsiyalar markazi.


