✅ Joriy yilning 17-aprel kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida nemis va fransuz tillari metodisti, tajribali mutaxassis Surayyo Ibadullayeva tomonidan nemis tili fani mentorlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

↪️ Seminar davomida ishtirokchilar nemis tilini o‘qitishda zamonaviy raqamli platformalar, innovatsion ta’lim metodlari hamda virtual ta’lim vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek, til bilimini bosqichma-bosqich shakllantirish yuzasidan amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

😎 Treningda jami 12 nafar nemis tili fani mentorlari faol ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalarini yanada boyitdilar.

✅ Mazkur tashabbus ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda nemis va fransuz tillari o‘qituvchilarining kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
17-04-2026, 21:39
Sahifaga qaytish