Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda maktablarda iqlim ta’limini joriy etishga qaratilgan seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi.

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda maktablarda iqlim ta’limini joriy etishga qaratilgan seminar-trening muvaffaqiyatli yakunlandi.



Uch kun davom etgan trening jarayonida ishtirokchilar iqlim o‘zgarishiga oid ilmiy bilimlar, ushbu mavzuni turli fanlarga integratsiya qilish yo‘llari hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishdilar. 
🔵 Mashg‘ulotlarda yangilangan o‘quv resurslari, jumladan “Iqlim qutichasi” (Climate Box)dan samarali foydalanish, o‘quvchilarni real hayotiy muammolarga yechim topishga undovchi loyihaga asoslangan ta’lim (PBL) va dizayn fikrlash kabi innovatsion yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi.

↪️ Mazkur dastur doirasida tayyorlangan master-trenerlar keyinchalik o‘z hududlarida biologiya, geografiya, fizika, kimyo va matematika fanlari o‘qituvchilari uchun treninglar tashkil etib, iqlim ta’limini keng joriy etishga hissa qo‘shadilar.

18-04-2026, 14:16
Sahifaga qaytish