🤔 Ayni paytda Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida xalqaro hamkorlik doirasidagi muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning Yildiz Tekin universiteti professori Suleyman Dogan tashrif buyurdi.
😎 Uchrashuv davomida markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich hamda professor Suleyman Dogan o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish, pedagoglar malakasini oshirish, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish hamda mahorat darslari va seminar-treninglarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
✅ Mazkur uchrashuv xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.


