✅ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
🤔 Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shixova Muqaddas “Adabiyot fanini o‘qitishda LAT + STEAM yondashuvni qo‘llash” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.
Dars davomida:
😎 fanlararo integratsiya
😎 interfaol metodlar
😎 guruhlarda ishlash
😎 loyiha asosida o‘qitish
😎 raqamli resurslardan foydalanish
kabi zamonaviy pedagogik yondashuvlar amaliy misollar orqali yoritildi.
↪️ Tinglovchilar dars jarayonida faol ishtirok etib, o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

