Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha maktabgacha ta’lim mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan uch kunlik trening o‘z ishini boshladi.

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” milliy o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha maktabgacha ta’lim mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan uch kunlik trening o‘z ishini boshladi.



✅ Mazkur treningni tadbirni markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich ochib berib, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

✅ Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tursunbek Nurmetov ishtirok etib, soha rivojida malakali mutaxassislarni tayyorlashning o‘rni beqiyos ekanini alohida qayd etdi hamda ishtirokchilarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Trening jarayonlari tajribali mentor-trenerlar tomonidan olib borilmoqda. Jumladan:
 -Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi bo‘lim boshlig‘i  Mamadaliyeva Dilfuza Baxtiyorovna
-Toshkent shahar, Chilonzor tumani 538-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari Kurbanova Nilufar Shuxratovna
- Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi maktabgacha ta’lim metodisti Xasanova Shaxnoza Omonbaevna

↪️ Ushbu trening davomida tinglovchilar “Ilk qadam” dasturi asosida bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab boradilar.
23-04-2026, 15:37
Sahifaga qaytish