Pedagog malakasi – sifatli ta’limning tayanchi

Pedagog malakasi – sifatli ta’limning tayanchi



✅ Aprel oyida Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida pedagog kadrlar uchun tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlanmoqda. Mazkur o‘quv dasturi o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy tajribalarini boyitish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni samarali joriy etishga qaratildi.

✅Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar ilg‘or pedagogik metodlar, raqamli ta’lim texnologiyalari hamda interaktiv yondashuvlar asosida bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi. Mikrodarslar jarayonida esa ishtirokchilar o‘z pedagogik mahoratini amaliy jihatdan namoyon etib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
27-04-2026, 16:06
Sahifaga qaytish