“Ishonch-2030”

“Ishonch-2030”

✅ Ayni damda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar Jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Oʻzbekistonda taʼlim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirish: yuqori sifatli va inklyuziv taʼlim natijalariga erishish uchun AKT va raqamli taʼlimdan foydalanish” loyihasi hamda “Ishonch-2030” tashabbusi doirasida seminar-trening bo'lib o'tmoqda.

✅ Mazkur tadbir Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tkazilib, markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich ochib berdi.

↪️ Ikki kunlik seminar mashg‘ulotlari UNICEFning xalqaro eksperti Suzanna Burger tomonidan olib borilmoqda. Tadbirda viloyatdagi 4 ta umumta’lim maktabi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan jami 21 nafar maktab direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va fan o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Seminar-treningning asosiy maqsadi — ta’lim jarayonida zamonaviy AKT va raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash, inklyuziv ta’limni rivojlantirish hamda pedagog va ta’lim rahbarlarining kasbiy salohiyatini yanada oshirishdan iborat.

🔵 Tadbir davomida ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar, interaktiv treninglar va ilg‘or tajribalar almashinuvi tashkil etilib, umumiy hisobda 38 nafar ishtirokchi qamrab olingan mazkur seminar hududiy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tashabbus sifatida baholanmoqda.
30-04-2026, 14:39
Sahifaga qaytish