XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQASI BO'LIB O'TDI

XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQASI BO'LIB O'TDI



🤔 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida 2026-yil 30-aprel kuni 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lida qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida voleybol hamda stol tennisi sport turlari bo‘yicha “Xotira turniri” musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi.

😎 Tadbirni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich ochib berdi.

🤔 Musobaqaning asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, milliy va sport o‘yinlariga qiziqishni oshirish, o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, vatanga sadoqat ruhini mustahkamlash hamda jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. 🆗

🏀 Bellashuvlar “Voleybol” va “Stol tennisi” sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz o‘tdi.

🏆 G‘olib va sovrindorlar I, II va III darajali diplomlar bilan, shuningdek markaz direktori hamda kasaba uyushmasi raisi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
30-04-2026, 15:50
Sahifaga qaytish