Tajribali mutaxassis Ogün Yaguz

Tajribali mutaxassis Ogün Yaguz


✅ Bugun, 4-may kuni  Ogohiy ijod maktabi o‘qituvchisi tajribali mutaxassis Ogün Yaguz tomonidan Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi malaka oshirish kursi tinglovchilariga “Til o‘rganishda zamonaviy metodikalar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

🤔 Unda turkiyalik mutaxassis Ogün Yaguz zamonaviy yondashuvlar, interaktiv usullar hamda xorijiy tillarni samarali o‘rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion metodlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar bilan amaliy mashqlar, guruhiy faoliyatlar va muhokamalar tashkil etilib, yangi metodikalarni bevosita qo‘llash imkoniyati yaratildi.

↪️ Mazkur mahorat darsi ishtirokchilar uchun katta tajriba almashish maydoniga aylanishi bilan birga, ularning kasbiy mahoratini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
4-05-2026, 16:30
Sahifaga qaytish