Pedagogik mahorat oshishi — ta’lim samaradorligi garovi

Pedagogik mahorat oshishi — ta’lim samaradorligi garovi



✅ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida malaka oshirish kurslari doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilayotgan dars jarayonlarida innovatsion yondashuvlar, interfaol metodlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar keng qo‘llanilib, mashg‘ulotlar mazmunan boy va samarali o‘tmoqda.

↪️ Mazkur kurslar pedagog xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ularning metodik salohiyatini oshirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
6-05-2026, 14:49
Sahifaga qaytish