🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi Pedagogik mahorat markazlarini zamonaviylashtirish hamda qayta rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar izchil davom etmoqda.
🤔 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi binosida ham bugungi kunda qayta rekonstruksiya va zamonaviy qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
😎 Yaqin kunlarda ushbu maskan barcha zarur shart-sharoitlar, ilg‘or texnik vositalar hamda zamonaviy metodik jihozlar bilan ta’minlanib, pedagoglarimiz uchun innovatsion ta’lim markaziga aylanishi kutilmoqda.


