“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan

✅ 2026-yil 7-may kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda markaz professor-o‘qituvchilari, pedagog xodimlar hamda barcha yo‘nalish tinglovchilari faol ishtirok etdilar.

 Tadbir davomida yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriylar xotirasi yod etilib, ularning jasorati, matonati hamda ibratli hayot yo‘li haqida samimiy fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan Vatanga muhabbat, sadoqat va milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

 Shuningdek, tadbirda faxriy ustozlar ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularga chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Jumladan, Xiva pedagogika kolleji va malaka oshirish tizimida samarali faoliyat olib borgan fidoyi ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi. Markaz rahbari, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

↪️ Mazkur tadbir yosh avlod qalbida vatanparvarlik, jasorat hamda ajdodlar xotirasiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

7-05-2026, 16:42
Sahifaga qaytish