🔹Tashrif doirasida xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, akademik mobillikni kengaytirish, ilg‘or tajribalar almashinuvi hamda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiya tarkibida Toshkent shahridagi Puchon universiteti Ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash markazi (magistratura va doktorantura) direktori, pedagogika fanlari doktori, professor I.V. Panferova, professor-o‘qituvchilar hamda 1–2-bosqich magistrantlari ishtirok etdi.
🔹Uchrashuv davomida mehmonlar markazning zamonaviy o‘quv sharoitlari va muzeylari bilan yaqindan tanishib, markaz faoliyati va o‘quv muhitining zamonaviy darajasi yuzasidan o‘z ijobiy taassurotlarini bildirdilar.


