MAHORAT DARSI

MAHORAT DARSI



🔹 Joriy yilning 12-may kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida texnologiya fani metodisti Yuldasheva Nasiba Azadovna tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

📚 Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan samarali metodlar yuzasidan tavsiyalar berildi.

🤝 Ishtirokchilar interfaol topshiriqlar, guruhli ishlanmalar va tajriba almashuv jarayonlari orqali o‘z bilim va malakalarini yanada mustahkamladilar.

✨ Tadbir yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi faoliyatlarida qo‘llash uchun muhim metodik tavsiyalar bilan tanishdilar.
13-05-2026, 13:41
Sahifaga qaytish