Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv

Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-son Farmoni, 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 30-iyuldagi 262-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich hamda Frankofoniya loyihasi tashkilotchilari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Uchrashuv davomida pedagoglarni Fransiyada malaka oshirish kurslariga yuborish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.

🇺🇿🇫🇷 Mazkur hamkorlik pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy xalqaro tajribalarni o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
13-05-2026, 13:43
Sahifaga qaytish