🔹 Xabaringiz bor, Mamun akademiyasi va Pedagogik mahorat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolangan.
🔸 Mazkur memorandum doirasida joriy yilning 13-may kunida Xiva shahridagi Mamun akademiyasida Ona tili va adabiyoti fani kurs tinglovchilari uchun ko‘chma dars mashg‘uloti tashkil etildi.
✍️ Mazkur ko‘chma dars mashg‘ulotining asosiy maqsadi tinglovchilarning nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda interfaol ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etishdan iborat bo‘ldi.

