👉 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi "Maktabgacha ta’lim metodikasi" kafedrasi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari kursi tinglovchilari uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

🔹 Seminar davomida Muhammad Rizo Ogohiy ijod maktabi o‘qituvchisi Babajanova Maqsuda tomonidan “Mimika” mavzusida mazmunli taqdimot o‘tkazildi. Unda mimikaning bolalar tarbiyasi va ta’lim jarayonidagi ahamiyati, yuz ifodalari orqali samarali muloqot o‘rnatish usullari hamda tarbiyachining nutq va hissiy ta’sirchanligini oshirish yo‘llari haqida tushunchalar berildi.

🔸 Mashg‘ulot interfaol usullar asosida olib borilib, tinglovchilar mavzu yuzasidan amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar. Seminar ishtirokchilarda kasbiy mahoratni oshirish va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

13-05-2026, 16:06
Sahifaga qaytish