🔹 Joriy yilning 15-may kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida Matematika fani metodisti Salima Xolbayeva tomonidan informatika fani kurs tinglovchilari uchun “Zanjir” va “Beshbarmoq” metodlariga bag‘ishlangan “Mahorat soati” tashkil etildi.
🔹 Mashg‘ulot davomida tinglovchilar mazkur metodlarning dars jarayonidagi ahamiyati, ularni samarali qo‘llash usullari hamda o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.
🔹 Tadbir interaktiv va amaliy ruhda o‘tib, tinglovchilarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida dars tashkil etish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarni shakllantirdi.

