Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida may oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlanmoqda.

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida may oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlanmoqda.



✅Mazkur markazda o‘tkazilgan 100 soatlik malaka oshirish kurslari davomida pedagog xodimlar zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.

↪️ Kurs yakunida tinglovchilar tomonidan loyiha ishlari himoya qilindi. Yakuniy baholash jarayoni test sinovlari, loyiha ishlari va mikrodars taqdimotlari asosida tashkil etildi. Ushbu jarayon orqali tinglovchilarning ta’limni samarali tashkil etish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotda qo‘llash darajasi atroflicha baholandi.

23-05-2026, 08:35
Sahifaga qaytish