MAHORAT DARSI

MAHORAT DARSI



📌 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Fanlarni rivojlantirish bo‘limi tashabbusi bilan "Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi" kafedrasi malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun turkiyalik mutaxassis, Muhammad Rizo Ogohiy ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Ogun Yaguz tomonidan “Til o‘rganishda zamonaviy metodlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

🤔 Mashg‘ulot davomida til o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari, interfaol metodlar hamda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari yoritildi. 

✅ Shuningdek, tinglovchilar bilan tajriba almashish jarayonlari tashkil etilib, mavzu yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
23-05-2026, 08:37
Sahifaga qaytish