Yangi yutuqlar va tajribalar

Yangi yutuqlar va tajribalar



🤔 2026-yil may oyida Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kurslari yakunlandi.

✅ Hozirda tinglovchilar yakuniy attestatsiya bosqichida bo‘lib, mikrodars taqdimotlarini o‘tkazib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z pedagogik mahoratlarini namoyish qilmoqdalar.

↪️ Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zamonaviy metodikalar, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va innovatsion o‘qitish texnologiyalari bilan tanishib, kasbiy salohiyatini izchil rivojlantirib bormoqdalar.

🎓 Tadbir davomida Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich pedagogik jarayonlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, ularning samarali tashkil etilishi bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi hamda tinglovchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.
25-05-2026, 16:17
Sahifaga qaytish