ZAMONAVIY PEDAGOG – ZAMONAVIY TA’LIM

ZAMONAVIY PEDAGOG – ZAMONAVIY TA’LIM


♻️ 2026-yil iyun oyida Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

✅ Hozirda tinglovchilar yakuniy attestatsiya bosqichida bo‘lib, test sinovlari hamda mikrodars taqdimotlari orqali o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini namoyish etib, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha pedagogik mahoratlarini ko‘rsatmoqdalar.

↪️ Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar zamonaviy metodikalar, ilg‘or pedagogik yondashuvlar va innovatsion o‘qitish texnologiyalari bilan tanishib, kasbiy salohiyatlarini yanada rivojlantirdilar. 

🎓 Pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich pedagogik jarayonlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, ularning samarali tashkil etilishi bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi hamda tinglovchilarga kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.

Bizni kuzatishda davom eting
23-06-2026, 15:11
Sahifaga qaytish