METODIK TUR

METODIK TUR



✅ Joriy yilning 24-iyun kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi fan metodistlari tomonidan viloyatdagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan tumanlarda joylashgan 7 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida metodik tur tashkil etildi.

🔹 Tashrif davomida maktab rahbarlari va pedagoglar ishtirokida so‘rovnomalar o‘tkazilib, ta’lim jarayonidagi mavjud muammo va ehtiyojlar o‘rganildi.

🔹 Aniqlangan kamchiliklar asosida metodik yordam ko‘rsatishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi hamda kelgusidagi hamkorlik ishlari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

🔹 Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish hamda pedagoglarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish va metodik salohiyatini kuchaytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

♻️ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi tomonidan hududlarda metodik qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.
24-06-2026, 16:38
Sahifaga qaytish