✅ Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, havo sifatini yaxshilash va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir. Shu maqsadda o‘tkazilayotgan “Avtomobilsiz kun” tashabbusi jamoat transportidan foydalanish madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
🚌 Jamoat transporti — qulay, tejamkor va zamonaviy harakatlanish vositasi bo‘lib, undan keng foydalanish yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirish, transport tizimi samaradorligini oshirish va aholiga yanada qulay sharoit yaratishga yordam beradi.
🤝Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda bugun 25-iyun kuni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich hamda markazning boshqa xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
🌿 Birgalikda harakat qilsak, yanada qulay, zamonaviy va barqaror kelajakni bunyod etamiz!

