MEMORANDUM DOIRASIDA O‘ZARO HURMAT VA EHTIROM IFODASI

MEMORANDUM DOIRASIDA O‘ZARO HURMAT VA EHTIROM IFODASI



✅ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi hamda Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasidagi hamkorlik uchrashuvi samimiy va do‘stona ruhda davom etdi. Tadbir yakunida tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari almashildi.

✍️ Shuningdek, Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich mehmonlarga o‘zining "Tabarruk ta'lim maskanim" nomli kitobini tantanali ravishda taqdim etdi.

🤔 Mazkur uchrashuv o‘zaro ishonch va hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish hamda ta'lim tizimini rivojlantirish yo‘lidagi ezgu maqsadlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
26-06-2026, 15:10
Sahifaga qaytish