Bugungi dastur zamonaviy ta’limning ikki muhim yo‘nalishiga bag‘ishlandi.

Bugungi dastur zamonaviy ta’limning ikki muhim yo‘nalishiga bag‘ishlandi.



Kun davomida “Project-Based Learning (PBL): Key Concepts and Application” mavzusida loyiha asosida o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi. Kunning ikkinchi yarmida esa “Classroom Management: Creating Dynamic and Collaborative Learning Environments” mavzusida samarali sinf boshqaruvi hamda hamkorlikka asoslangan, faol ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalar muhokama qilindi.

Mazkur xalqaro malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tashkil etishdagi hamkorligi va samimiy mezbonligi uchun UNEC jamoasiga, shuningdek, pedagoglarning xalqaro professional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
10-07-2026, 11:22
Sahifaga qaytish