Xalqaro malaka oshirish safariga xush kelibsiz!

Xalqaro malaka oshirish safariga xush kelibsiz!

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi boshchiligida viloyatimizning fidoyi va malakali pedagoglaridan iborat delegatsiyaning Turkiyaning Istanbul shahridagi xalqaro malaka oshirish sertifikat dasturi rasman boshlandi.

♻️ Mazkur dastur davomida ishtirokchilar zamonaviy ta'lim metodlari, ilg'or pedagogik tajribalar hamda xalqaro ta'lim tizimidagi innovatsion yondashuvlar bilan yaqindan tanishib, o'z kasbiy salohiyatlarini yanada oshirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

♻️ Shuningdek, malaka oshirish dasturi doirasida delegatsiya a'zolari Istanbulning tarixiy va madaniy obidalari, diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishib, Turkiyaning boy madaniy merosini yaqindan o'rganish imkoniyatiga ham ega bo'lmoqdalar.
14-07-2026, 09:46
Sahifaga qaytish