🇺🇿🤝🇹🇷Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi boshchiligidagi viloyatimiz pedagoglaridan iborat delegatsiyaning Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilgan xalqaro malaka oshirish dasturidagi ishtiroki muvaffaqiyatli yakunlandi.
♻️ Dastur davomida ishtirokchilar zamonaviy ta'lim metodlari, ilg'or pedagogik tajribalar va innovatsion yondashuvlar bilan tanishib, kasbiy bilim hamda amaliy ko'nikmalarini yanada mustahkamladilar. Shuningdek, Istanbulning tarixiy va madaniy maskanlariga tashrif buyurib, Turkiyaning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
❇️ Dastur yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro malaka sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.
Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi pedagoglarning kasbiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ta'lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi bunday xalqaro dasturlarni izchil davom ettiradi.

