XORAZMDA “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVINING UCHINCHI BOSQICHI DAVOM ETMOQDA

XORAZMDA “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVINING UCHINCHI BOSQICHI DAVOM ETMOQDA



Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

❇️ Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida o‘tkazilayotgan mazkur bosqichda viloyatimizning tuman va shaharlaridan saralangan 26 nafar pedagog o‘z bilim, mahorat va kasbiy salohiyatini namoyon etmoqda.

Tanlov ishtirokchilari jami 100 ballik tizim asosida baholanmoqda:

➖Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishi (20 ball)
Nomzodlarning shaxsiy rivojlanishi, o‘z ustida ishlashi, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy hamda sinfdan tashqari faoliyati va tashabbuslari taqdimot asosida baholanadi.

➖ Kitobxonlik bo‘yicha test sinovi (80 ball)
Ishtirokchilar tasdiqlangan adabiyotlar asosida tuzilgan 40 ta test savoliga javob beradilar. 

🤝 Barcha ustozlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
29-07-2026, 11:29
Sahifaga qaytish