Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida British Council hamkorligida CPD Hub markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazida British Council hamkorligida CPD Hub markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.



Tadbirni Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), faxriy professor Salayev Jasurbek Kamilovich hamda Mashkhura Tursunova – English and School Education Projects Coordinator, British Council Uzbekistan ochib berdilar. 

Tadbir davomida ishtirokchilar uchun zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion pedagogik yondashuvlar va interaktiv o‘qitish texnologiyalariga bag‘ishlangan amaliy seminarlar ham tashkil etildi.

Mazkur CPD Hub pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, tajriba almashish va xalqaro ta’lim resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

4-08-2026, 14:48
Sahifaga qaytish