❇️ 2026-yil 9–18-avgust kunlari Fransiyaning Nitsa shahrida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish va stajirovka dasturida Xorazm viloyatidan 13 nafar umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirok etdi.
❇️ Delegatsiyaga Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich rahbarlik qildi.
🇫🇷 Stajirovka davomida uning xalqaro ta’lim hamkorligini rivojlantirish, pedagogik tajriba almashinuvini kengaytirish va ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni mustahkamlashdagi faoliyati e’tirof etilib, Salayev Jasurbek Komilovich Frankofonia (Francophonia) tashkilotining rasmiy Ambassador — Elchisi etib tayinlandi.
🌍 Ushbu yuksak e’tirof Xorazm viloyati ta’lim tizimining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladigan muhim qadamdir.
🇺🇿 Xorazm — xalqaro ta’lim hamkorligining yangi manzilida!
