🇺🇿 Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida PISA 2025 xalqaro tadqiqoti natijalariga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
🌍 Forum davomida O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotidagi natijalari, xalqaro reytingdagi o‘rni va asosiy ko‘rsatkichlari taqdim etildi.
🤝 Tadbirda ta’lim sohasi mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, tegishli tashkilotlar vakillari hamda ta’lim tizimi mas’ullari ishtirok etdi.
👉 Xalqaro forumda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich ham ishtirok etib, PISA 2025 natijalari va ta’lim sifatini rivojlantirishga oid muhim jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.


