🎨 MAHORAT DARSI — AMALIYOT UYG‘UNLIGI

🎨 MAHORAT DARSI — AMALIYOT UYG‘UNLIGI



🏛 Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazining ARM xonasida tasviriy san’at fani o‘qituvchisi Yusupova Mahliyoning “Kichik tasvirdagi katta ma’no” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

🖼 Ko‘rgazmada pedagogning ijodiy ishlari, tasviriy san’atga bo‘lgan o‘ziga xos yondashuvi hamda san’at orqali mazmun va g‘oyani ifodalash mahorati namoyish etildi.

❇️ Tadbirda markaz direktori, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Salayev Jasurbek Komilovich ishtirok etib, ko‘rgazma bilan yaqindan tanishdi.

✨ Mazkur ijodiy ko‘rgazma pedagoglarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, tajriba almashish va ta’lim jarayonida amaliy faoliyatning ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting
14-09-2026, 15:53
Sahifaga qaytish